Jahon | 00:44 / 10.04.2019
18249
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Poroshenkoning Putinga qarama-qarshi turgan reklama bilbordlari paydo bo‘ldi

Foto: president.gov.ua

Ukrainada prezident Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarama-qarshi tasvirlangan bilbordlar paydo bo‘ldi. Siyosiy reklama Poroshenko shoumen Vladimir Zelenskiy bilan kurash olib boradigan prezident saylovlarining 2-bosqichi arafasida joylashtirilgan.   

Bilbordda “21 aprel. Hal qiluvchi tanlov!” deb yozilgan.

Poroshenkoning shtabida bilborddagi tashviqot Zelenskiyni Putinni qo‘llab-quvvatlovchi nomzod ko‘rinishida aks ettirishi rad etilgan. “Reklamaning syujyeti Poroshenko jamoasida Zelenskiyni go‘yoki Putin agenti deb hisoblashayotganini anglatmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Poroshenkoning safdoshlari.  

Poroshenko shtabining ta'kidlashicha, Putin go‘yoki “Kremlga Ukrainani nazorat ostiga olishga ijozat beradigan zaif, tayyorlanmagan prezident haqida orzu qiladi”, shu sababli “joriy chaqiriqlar sharoitida mamlakatga kuchli prezident va oliy bosh qo‘mondon” talab etiladi.

Saylovlarning 1-bosqichida Zelenskiy 30 foiz bilan yetakchilik qilgandi. U Poroshenkodan deyarli 2 marta ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 2-bosqich 21 aprelga belgilangan. 

Foto: Aksent‏/Tvitter
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid