Jamiyat | 10:16 / 11.04.2019
7150
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel kompaniyasi reklama va marketing sohalariga bag‘ishlangan eng yirik ADWEEK tadbirida mukofotlandi

Artel kompaniyasi reklama va marketing sohalariga bag‘ishlangan ADWEEK tadbirida “Eng yaxshi marketing targ‘iboti 2018” nominatsiyasida g‘alaba qozondi.

ADWEEK O‘zbekiston Respublikasida reklama va marketing sohalarida har yili bo‘lib o‘tadigan eng yirik tadbir hisoblanadi.

Ushbu tadbirda Siz o‘z muvaffaqiyatlaringizni taqdim etish, reklama va marketing sohalarida mahalliy hamda chet el mutaxassislari bilan tajriba almashishingiz mumkin. ADWEEK tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston hamda Belarus davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar qatnashishdi.

Artel kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi reklama va marketing sohalari rivojiga o‘z hissasini qo‘shganidan benihoyat faxrlanadi. Aytish lozimki, Artel kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida reklama va marketing sohalarini rivojlantirishga yordam bera oluvchi zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishni davom ettiradi.

Artel kompaniyasi jamoasi iste'molchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Hurmatli iste'molchilar, aynan Siz Artel mutaxassislarini yangi g‘alabalarga ilhomlantirasiz, Sizga qulaylik yaratuvchi barakali maishiy texnika ishlab chiqarish esa biz uchun ulkan baxtdir.     

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid