Poroshenkoning saylovoldi plakatlaridan Putin surati olib tashlanmoqda
Ukraina shaharlari ko‘chalarida amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tasvirlangan saylovoldi plakatlari olib tashlana boshlandi.
Avvalroq Ukraina shaharlarida Poroshkenoning prezident saylovlarining 2-bosqichi oldidan Putin bilan qarama-qarshi turgan holda tasvirlangan reklama bilbordlari paydo bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanishicha, reklama bilbordlari yoki butkul olib tashlanmoqda yoki Poroshenkoning surati va saylovoldi shiori qoldirilgan holda to‘silmoqda.
“Poroshenkoning eng sodiq tarafdorlari oxirgi 2 kun davomida Putin bilan bilbordlar zamonaviy, aqlli va foydali g‘oya haqidagi fikrni bildirashayotgandi. Bu yerda esa bats! G‘oya o‘zgardi”, deb yozgan Facebook’da jurnalist Ivan Yakovina.
Poroshenko jamoasida ta'kidlanishicha, plakatlarni o‘zgartirish qarori Ukraina prezidentining hududlardagi shtablari tomonidan mustaqil qabul qilinmoqda.
“Hozirda yuz berayotgan hodisalar joylardagi bosh ko‘tarishdir va mahalliy bo‘limlarning mustaqil tashabbusidir”, deb aytgan Poroshenko jamoasi a'zosi.
Gap borayotgan tashviqot plakatlari Poroshenkoning saylovoldi kampaniyasining bir qismi bo‘lgan. Biroq Ukraina qonunchiligi biror odamning suratini uning roziligisiz qo‘llashni taqiqlaydi. Bundan tashqari, plakatlarda Putinning surati tasvirlanishi Poroshenko tarafdorlari orasida ham norozilikka sabab bo‘lgan. Ular bu bilbordlarda Poroshenkoga qarshi qaratilgan “qora piar” unsurlari borligini ko‘rishgan.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024