Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida texnologik audit o‘tkaziladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida texnologik audit o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining, mazkur inspeksiya qoshida ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida texnologik audit o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan “Kommunal audit” davlat unitar korxonasini tashkil etish bo‘yicha takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar “Kommunal audit” DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatishga daxldor bo‘lgan barcha jarayonni texnologik auditdan o‘tkazish;
texnologik audit o‘tkazish tartiblari va rejalarini ishlab chiqish hamda barcha manfaatdor idoralar bilan kelishish;
zaruriy hollarda, texnologik auditdan o‘tkazishda ishtirok etish uchun davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shartnoma asosida jalb etish;
texnologik audit ishlarini shartnomaviy munosabatlar asosida va sifatli o‘tkazish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida davlat kapital qo‘yilmalari va xorijiy moliya institutlarining mablag‘lari evaziga quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan ishlarni manzilli ro‘yxati va dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish;
o‘tkazilgan texnologik audit va o‘rganish natijalari bo‘yicha muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq innovatsion takliflarni taqdim etish.
Barcha texnologik audit o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibiga to‘liq amal qilinishi belgilanadi.
Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini texnologik auditdan o‘tkazish tartibiga ko‘ra, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarida audit o‘tkazishning vazifalari quyidagilar:
obektlar, texnika-texnologiyalar, asbob va uskunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganish hamda baholash;
obektlarda energiya va suv resurslarini tejash holatini o‘rganish hamda baholash;
obektlar, texnika-texnologiyalar, asbob va uskunalarning nosozlik va xatoliklarini aniqlash hamda baholash;
tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan texnik jarayonni takomillashtirish, texnik va ma'naviy eskirgan obektlar, texnika-texnologiyalar, asbob va uskunalarning foydalanishdan chiqarishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish;
tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan energiya tejovchi texnika-texnologiyalar joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
Mazkur Tartib mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish korxonalari uchun tatbiq etiladi hamda ulardagi obektlar, texnikalar, asbob va uskunalarni auditdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Audit, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar xodimlari yoki bu boradagi mutaxassislar jalb etilgan holda o‘tkaziladi.
Texnik va vaqt bo‘yicha imkoniyatlari cheklangan holatlarda Davsuvinspeksiya buyurtmasiga asosan hamda suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari ixtiyori bo‘yicha Davsuvinspeksiya roziligi bu borada ixtisoslashgan korxonalar tomonidan audit o‘tkazilishi mumkin.
Faqatgina audit obektlarini qiymatini aniqlash va inshootlarning moliyaviy samaradorligini aniqlash doirasida audit o‘tkazilayotgan suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari inshootlarining moliyaviy holatini o‘rganishga yo‘l qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
07:18 / 05.05.2026