Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har chorshanba investorlarni qabul qiladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov har haftaning chorshanba kunlari O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shishni istagan salohiyatli investorlarni qabul qiladi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob beradi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
8 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning I choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilishga oid videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari tomonidan investitsiyalarning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta'minlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etildi.
Prezident tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov har haftaning chorshanba kunlari Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 171-uyda joylashgan qo‘mita binosida investorlarni qabul qiladi.
Qo‘mita raisi ishtirokida har hafta chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan sayyor qabul kunlari dastlab Toshkent shahridan tashqari Surxondaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham ketma-ket tashkil etiladi. Abdulaziz Akkulovning hududlardagi faoliyati davomida raisning birinchi o‘rinbosari v.b Ulug‘bek Qosimxo‘jayev salohiyatli investorlarni poytaxtda qo‘mita binosida qabul qiladi.
Bundan maqsad - investorlarni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish va ularni samarali hal qilishda qo‘mita vakolatlari doirasida ko‘mak berish, shuningdek, ushbu loyihalarning amalga oshirilishini birgalikda ta'minlash.
"Agar siz ham vatanimiz ravnaqiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, aniq maqsadingiz, loyihalaringiz va investitsiya kiritishga imkoningiz bo‘lsa, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining eshiklari siz uchun hamisha ochiq", - deyiladi manbada.
Ma'lumot uchun: Turizm sohasida investorlarga yaratilgan imtiyozlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
08:39 / 01.06.2026