AQShda anomal kichik o‘lchamli chaqaloq parvarishlab katta qilindi
AQShning Konnektikut shtatida shifokorlar tug‘ilganidan keyin bor-yo‘g‘i 300 gramm kelgan chaqaloqni parvarishlab katta qilishdi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.
Anomal kichik bola Konnor Florio 2018 yil 13 iyulda dunyoga kelgan. Bola tug‘ilganda shifokorlar unda nafas olish qiyinligi, miyada qon quyilish borligi, qondagi shakar miqdori bilan muammolar va ko‘z kasalligini aniqlashgan. Ikki shifoxona shifokorlari 9 oy davomida bemajol bolani parvarishlab, uyiga jo‘natishgan. Hozirda bolakayning vazni 2,7 kgni tashkil qilmoqda.
“Men uni shifoxonadan chiqarishganiga ishona olmasdim. Men buni uni mashinaga o‘tkazib, uyga yetkazganimizdagina angladim”, deb aytgan bolaning onasi Jyeymi Florio. 29 yoshli ayolning ta'kidlashicha, bolakay o‘yinchoq o‘ynash, o‘zini oynada tomosha qilish, odamlarni kuzatish va vanna qabul qilishni xush ko‘radi.
Bolani davolagan shifokorning aytishicha, Konnorning salomatligi deyarli tiklangan va endi bolaga kislorod niqobi kerakmas.
Fevral oxirida Yaponiyada tug‘ilganidan keyin 268 gramm kelgan bola parvarishlab katta qilingani ma'lum qilingandi. O‘g‘il chaqaloq homiladorlikning 24-haftasida shoshilinch kesarcha kesishdan keyin dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024