O‘zbekiston | 20:34 / 12.04.2019
3562
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi uchun menejyerlar tayyorlanadi

Finlyandiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi konsuli ko‘magida Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati ushbu mamlakatdagi yetakchi universitetlar tajribasini o‘rgandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Muzokaralar natijasida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan “Sog‘liqni saqlashda menejment” magistratura qo‘shma ta'lim dasturini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shundan kelib chiqqan holda, 11-12 aprel kunlari o‘tkazilgan o‘zbek-fin biznes-forumi doirasida Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Endilikda ushbu hujjat asosida ikki yillik ta'limni muvaffaqiyatli tugatgan magistrlar har ikkala oliy o‘quv yurtining diplomini olishadi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

JAMK universiteti ko‘p tarmoqli oliy ta'lim muassasasi bo‘lib, unda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy izlanishlar yo‘nalishida milliy va xalqaro ahamiyatga ega ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid