Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda qurilish mollari do‘koni yonib ketdi
2019 yilning 11 aprel kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Jar” MFYda joylashgan xususiy tadbirkor M.Yu.ga tegishli qurilish mollari savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipajining tezkor harakatlari natijasida yong‘indan do‘konning 100 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Hodisa oqibatida do‘kon binosining 70 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichidagi qurilish mollari yonib zararlangan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:52
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026