Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu partiyasi Isroil parlamentida 36 o‘rinni egalladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi «Likud» partiyasi ovozlarning 100 foizi hisoblanganidan keyin parlamentda 36 o‘rinni olishi oydinlashdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu partiyasining asosiy raqibi - «Kaxol-Lavan» markaziy bloki 35ta mandatga ega bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, ultra diniy partiyalar - ShAS va «Yaxadut xa-Tora» mos ravishda sakkizta hamda yettita o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, «Avoda» so‘l partiyasi 120 o‘rinli Isroil parlamentida 5 o‘rinni egalladi.
Bundan oldin, Netanyaxu partiyasi Isroildagi saylovlarda yetakchilik qilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026