Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sharqida mashg‘ulotlar davom etmoqda: kuch tuzilmalari bir jamoa bo‘lib harakatlanmoqda
9 apreldan boshlab Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘uloti boshlangan. Qurolli Kuchlarning barcha tarkibiy qismlari tomonidan birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar 13 aprelga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

11 aprel kuni Sharqiy harbiy okrugining bir nechta poligonida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq kuch tuzilmalarining mintaqadagi vaziyat beqarorligining oldini olish hamda chegaraoldi hududlarida joylashgan aholi punktlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha harakatiga oid masalalari amalda ko‘rib chiqildi.



Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining rahbarligida o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?
O‘zbekiston | 23:01
-
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi
Jamiyat | 22:48
-
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 22:45
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi

14:18 / 27.06.2025