Joriy yilning 9-13 aprel kunlari Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev rahbarligida barça kuç tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlaştiriş böyiça hamkorlikdagi qömondonlik-ştab öquvlari ötkazilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, öquvlarda Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari va boşqa bölinmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qömitasi kuç va vositalari, şuningdek, mahalliy hokimiyat hamda özini-özi boşqariş organlari jalb qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Maşğulotlar keça, 9 aprel kuni qöşinlar va boşqaruv organlarini yuqori jangovar şaylikka keltiriş bilan boşlandi. Hozirda bölinmalar jangovar öquv vazifalarni bajariş hududiga olib çiqildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Öquvlar Şarqiy harbiy okrugining barça poligonlarida bölib ötmoqda. Unda kuç tuzilmalarining tegişli bölinmalari zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni amaliy bajariş masalalari körib çiqilmoqda, deyiladi xabarda.