Axborot sohasidagi idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi tarkibi:
1. A. Aripov - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi
2. B. Olmatov - O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari
3. K. Allamjonov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b. (kelishuv asosida)
4. I. Abdullayev - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv asosida)
5. B. Nasirov - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining tadbirlarni tayyorlash va yoritish sho‘'basi yetakchi konsultanti (kelishuv asosida)
6. I. Umarov - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti (kelishuv asosida)
7. S. Abdullayev - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyati mudiri
8. Lavozimi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i
9. A. Xo‘jayev - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.
10. J. Xidayxo‘jayev - O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining maslahatchisi - ijro apparati rahbari
11. Sh. Ikromov - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari - Bosh shtab bosh boshqarmasi boshlig‘i
12. Lavozimi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul xodimi (kelishuv asosida)
13. X. Mamatov - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i (kelishuv asosida)
14. F. Abduxoliqov - O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi
15. U. Rasulev - Komissiya mas'ul kotibi, ishchi guruh rahbari.
Komissiya a'zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas'ul shaxslar kiritiladi.
Mavzuga oid
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024
Respublika komissiyasi taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 10 fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi
09:57 / 15.06.2024