Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Milliy tiklaniş siyosiy partiyasi raisi Alişer Qodirov axborot maydonida haqorat va tahqirlaşlar oğir jinoyatga tenglaştirilişi va jiddiy jazolanişi kerakligini yozib çiqdi.
«Kimgadir adovat soçiş uçun «xalq» sözidan qalqon yasab olayotganlar ortib bormoqda. Xalq fikrini ifoda qiliş huquqi kimga berilgani Konstitutsiyada belgilab qöyilgan (10-modda), qolgan hamma öz nomidan gapirişi, muhokama, munozara qilişi va oqibatini zimmasiga olişni örganişi kerak», deydi deputat.
Qodirov gapirilgan gaplari uçun «oqibatni zimmasiga oliş» deganda bir neça kun oldin özbekistonliklarni haqoratlagani uçun qölga olingan tiktoker Valeriy Yugayni misol keltirgan.
Oliy Majlis deputatining fikriça, biznes va boşqaruvdagilar tor manfaatlarga erişiş uçun ayrim şaxslarni internet tarmoğida muvofiqlaştiriş va yönaltirişni örganib olgan va buning oqibatlari oğir böladi.
«Afsuski, juda yomon tajriba, biznes va boşqaruv tor manfaatlarga erişiş uçun şaxsiyat va farosatda majruhlarni internet tarmoğida muvofiqlaştiriş va yönaltirişni örganib oldi. Qonunlar bunday manipulyatorlarni töxtatişi, kim bölişidan qat’i nazar keskin çora körişi kerak (tavsiya qilaman, «Nulevoy den» teleserialini körib çiqing).
Bunday axborot loyihalari vaqti bilan boşqarib bölmaydigan maxluqqa aylanib ketib, birinçi navbatda mualliflari, keyinçalik, minglab yoş-u qari, katta-yu kiçikni xonavayron qilişi mumkinligini Ukraina inqirozi yaqqol körsatib bermadimi?»
Şu sababli Alişer Qodirov boşçiligidagi Milliy tiklaniş partiyasi erkinlik bahonasida madaniyat çegaralarini buzadiganlarga jazo kuçaytirilişini taklif qilmoqçi.
«Internet daromad köriş bilan birga şaxsiy qaraşlarni izoh qiladigan maydon ekani, albatta, yaxşi, bu sönggi davrning eng foydali kaşfiyotlaridan biri, buni olqişlaymiz. Lekin erkinlik ekan deb tartib va madaniyat çegaralarini buzadigan beboşlar bilan murosani töxtatiş kerak. «Milliy tiklaniş» partiyasi bu masalada qonunga taklif tayyorlab, jamoatçilik bilan muhokama qilmoqçi», — deyiladi deputatning postida.

















