Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Prezident tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning namunaviy ijrosi tatbiq etilmoqda
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning namunaviy ijrosi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tatbiq etilmoqda. Har bir tashabbusning samarali tatbiq etilishiga doir chora-tadbirlar belgilab olinib, 12 aprel kuni Bo‘ka tumani katta islohotlar maskaniga aylandi. Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi vakillaridan olingan ma'lumotlar asosida shu haqida xabar berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mas'ullar bilan Bo‘ka tumanida islohotlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilab olishdi.

Tanzila Norboyeva tumandagi "Bo‘ston", "Chavlisoy" mahallalarida bo‘lib, yangi tashkil etilayotgan tikuvchilik sexlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali 1000 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga tikuv mashinalari hadya qildi, bu ayollarning kasanachilik asosida bandliklari ta'minlanadi.

Mahallalarda ishsiz ayollar Xotin-qizlar qo‘mitasi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida stipendiyali o‘qishga jalb etilib, kafolatli bandligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.
Bugunga kelib Bo‘ka tumanida 150 nafar ayol 8 foizli imtiyozli kreditlar bilan ta'minlanib, oilaviy tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb etilmoqda. Asalarichilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditlardan beminnat foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlar O‘zbekistonda ayollarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlat rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026