Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh moliya vazirligi Xitoy bilan savdo urushi oqibatlariga tayyorligini ma'lum qildi
AQSh Xitoy bilan ehtimoliy savdo kelishuvi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqadigan «oqibatlar»ga tayyor. Bu haqda AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ma'lum qildi, deb xabar berdi Bloomberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va AQSh ehtimoliy kelishuv doirsida ma'lum bir majburiyatlarni zimmasiga oladi, ammo bular qanday majburiyatlar ekanligini ochiqlamadi.
«Men majburiy mexanizm har ikki yo‘nalishda ishlashini kutmoqdaman, shunday ekan, majburiyatlarimizning bajarilishi kutilmoqda. Agarda bunday bo‘lmasa, ikkala tomon uchun ham ma'lum bir oqibatlar kelib chiqadi», — dedi Mnuchin.
Mnuchinning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Pekin erishilgan kelishuvlar bajarilishini nazorat qilish uchun «huquqni muhofaza qilish organlari»ni tashkil etadi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
20:57 / 02.07.2026