Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari - O‘zbekiston poytaxti Toshkentga keladi
16 aprel kuni O‘zbekiston – Britaniya muzokaralarini o‘tkazish uchun Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan Toshkent shahriga tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Allan Dunkan 2016 yili Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik saylovida g‘alaba qozongandan so‘ng Toshkentga kelgandi. Shundan so‘ng ular 2018 yil may oyida, O‘zbekiston rahbarining AQShga safari chog‘i Londonda uchrashishgandi.
May uchrashuvidan ko‘p o‘tmasdan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan Buyuk Britaniya eksport agentligi O‘zbekistondagi yirik loyihalarni moliyalashtirish uchun 1,25 milliard funt-sterling sarmoya kiritishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi.
Joriy yil 15 fevral kuni esa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar davlat vaziri Alan Dunkan bilan uchrashgan.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022