10:42 / 14.04.2019
6290

FIFA irqchilik holatida uchrashuvlarni to‘xtatishni yoqlab chiqmoqda

Foto: sportarena.com

FIFA prezidenti Janni Infantino muxlislar tomonidan futbolchilarga nisbatan irqchilik qilinsa, uchrashuvlarning to‘xtatilishini yoqlab chiqdi. Ayni vaqtda tashkilot tegishli tartibotni ishlab chiqdi, deb ma'lum qilingan Infantino bayonotida.

“Oxirgi kunlarda futbolda irqchilik holatlari yuz berayotganini kuzatish qayg‘ulidir, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Irqchilikka futbolda va jamiyatda o‘rin yo‘q”, deb aytilgan bayonotda.

Ta'kidlanishicha, FIFA 3 bosqichdan iborat tartibotni ishlab chiqqan. U o‘zidan kamsitish holatlarida hakamlarga o‘yinni to‘xtatishga ijozat beruvchi mexanizmni aks ettiradi.

“FIFA barcha uyushmalar, ligalar, klublar va intizomiy idoralarni xuddi shunday tartibotni qabul qilish hamda futbolda irqchilik holatlariga toqatsizlik bilan yondashishga hamda har qanday bunday xatti-harakatga qat'iy sanksiyalar qo‘llashga chaqiradi. Biz irqchilikka qarshi kurashda ilg‘or bo‘lib qolamiz va barcha uyushmalarimizga bu muammoni hal qilishda bizning to‘liq qo‘llab-quvvatlovimizga tayanishlarini kafolatlaymiz”, deb aytgan Infantino.

Bugungi kunda FIFA, UYeFA liniyasi hamda milliy futbol uyushmalari darajasida irqchilikka qarshi kurash olib boriladi. Bunga qarshi kurash usullaridan biri jahon futboli yulduzlari va turli davlatlar jamoalarini jalb qilgan holda irqchilikka qarshi kampaniyalar hisoblanadi. Shuningdek, muxlislari o‘zini nomaqbul tutadigan klublar jarimaga tortiladi.

Bundan tashqari, UYeFA irqchilikka qarshi kurashni asosiy maqsadi sifatida qo‘yuvchi alohida FARE (Football Against Racism in Europe – Yevropada futbol irqchilikka qarshi) uyushmasini moliyalashtiradi. Bu uyushma Sharqiy Yevropadagi elatlarni qo‘llab-quvvatlab ko‘p millatli futbol musobaqalari, xayriya aksiyalari hamda irqchilikka qarshi reklama kampaniyalarini o‘tkazadi. 

Top