Markaziy bank rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Respublika Markaziy banki rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilishni
Xususan, bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida o‘z faoliyatlarini ko‘rsatayotgan tijorat banklari tomonidan mijozlarga taklif qilinayotgan bank xizmatlari hamda mahsulot turlari tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birgalikda, belgilangan chora-tadbirlar asosida hududlarda aholi hamda bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta'minlashga, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor qabullar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 11 aprel kuni Respublika Markaziy banki raisi o‘rinbosari B.Abubakirov tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning asosan tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli mablag‘lar olishda duch kelayotgan ayrim muammolar, to‘siqlar hamda ularni qiynayotgan savollar bilan murojaat etdilar.
— Markaziy bankning Jizzax viloyat Bosh boshqarmasi viloyatdagi tijorat banklari bilan birgalikda “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” , degan g‘oyani faoliyatimizning asosiy mezoni sifatida ro‘yobga chiqishini hamda aholiga bank xizmat turlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”
Shuningdek, sayyor qabul davomida Paxtakor tumanida ijtimoiy masalalarning yechimiga mas'ul bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank filiali rahbariyatiga tumandagi mutasaddi tashkilotlar va tijorat banklari filiallari bilan birgalikda bank sohasiga aloqador bo‘lgan masalalarni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Respublika Markaziy banki rahbariyati tomonidan tadbirkorlar va aholi ishtirokida yuzma-yuz o‘tkazilgan sayyor qabulda qator muammolar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli bank mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2023
Samarqanddagi sayyor qabulda minglab murojaatlar bo‘ldi, uzun navbatlar yuzaga keldi
13:59 / 24.05.2023
“Dalillarimning aqalli bittasi o‘rganilsa, aybsizligim o‘z isbotini topadi” – MIBning sobiq xodimi
12:27 / 22.05.2023
Ko‘z yoshini tiya olmagan sobiq xodim, adolat istab kelgan odamlar, turnaqator navbat: Farg‘onada sayyor qabul qanday o‘tdi?
13:53 / 12.05.2023