“Dalillarimning aqalli bittasi o‘rganilsa, aybsizligim o‘z isbotini topadi” – MIBning sobiq xodimi
Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qabulida bo‘lgan Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi Tojixon Sultonova o‘g‘li Bunyodbek Parpiyev 2021 yilning dekabr oyida Buloqboshi tumani majburiy ijro bo‘limida ishlagan paytda rahbarining qonunga zid topshiriqlarini bajarmagani uchun davlat ijrochisi lavozimidan nohaq ishdan bo‘shatilganini ta’kidladi.

Majburiy ijro bo‘limining sobiq xodimi ishga qayta tiklanishi va aybsizligini isbotlash uchun Bosh prokurorga ariza va dalillarini taqdim qildi.

“2014 yilda Islom universitetini tamomlab Bosh prokuraturaga ishga joylashish maqsadida hujjat topshirib, barcha tanlovlardan o‘tganman. Meni vaqtincha MIBga ishlab turish uchun joylashtirishdi. Ish jarayonida rahbarimning noqonuniy topshiriqlarini bajarmaganligim uchun ishdan bo‘shatishga harakat boshlandi.

Xonamga begona shaxsni qasddan 200 dollar bilan kirgizishib, meni pora bilan ushlashmoqchi bo‘lishdi. Bu atay uyushtirilgan tadbirligi keyinchalik ayon bo‘ldi. Keyin esa mening ishtirokimsiz xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bunda imzo va xatlarimni soxtalashtirib, tuman prokuraturasiga yolg‘on ma’lumotlar kiritishdi. Bu tadbirlarning barchasi Andijon viloyati MIB shaxsiy xavfsizlik shu’basi tomonidan uyushtirilgan edi.
Menga nisbatan noto‘g‘ri malakalangan jinoyat ishini qonuniy hal etish uchun Bosh prokurordan Oliy sudga protest kiritish bo‘yicha iltimos qildim. Aybsizligimni isbotlab avvalgi ishim, ya’ni MIB Buloqboshi tuman bo‘limi davlat ijrochisi lavozimiga qayta tiklashga amaliy yordam so‘radim. Aybsizligimni isbotlash uchun Bosh prokurorga 15 ta aniq dalil va ma’lumotlar taqdim etdim. Agar ularning aqalli bittasi o‘rganilsa ham aybsizligim to‘liq isbotini topadi”, – deydi MIBning sobiq xodimi.
Avvalroq nohaq ishdan bo‘shatilgan sobiq IIB xodimlari Farg‘onada Ichki ishlar vazirining qabuliga adolat istab kirgani, ulardan biri shu yerning o‘zida ishga tiklangani haqida xabar bergandik.
3 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tashkillashtirilgan sayyor qabulda esa mojaroli holat kuzatilgan, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashmoqchi bo‘lgan ayol va uning qaynotasini rahbarining qabuliga o‘tkazishni istamay, ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgandi.
Davlat mulozimining ommaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan tiyiqsiz xatti-harakati yuzasidan hozirga qadar Bosh prokuratura tomonidan hech qanday munosabat bildirilmadi. Svetlana Ortiqovaning o‘zi ham voqea jamoatchilik o‘rtasida rezonansga sabab bo‘lgani, iste’fosi talab qilingani ortidan uzr so‘rab chiqqani yo‘q.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
2 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:59
-
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV
Jahon | 21:50
-
Toshkent viloyatida sinov tariqasida sintetik metan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 21:49
Mavzuga oid

17:31 / 24.05.2025
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

13:19 / 20.01.2025
Farg‘ona shahri markazida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi

08:00 / 05.12.2024