Unda Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi hamda Soliq qömitasi, şuningdek, Xalq qabulxonalari rahbarlari Samarqand, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan murojaatçilarni qabul qildi.

Erta tongdan qabulga navbatda turganlar örtasida turli ziddiyatlar, murojaatimni eşitmay qoladi, degan hadik tobora ortib bordi. Unga javoban Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov eng oxirgi murojaatçigaça qabul qilişini bildirdi. Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotlarga köra, sayyor qabulda Oliy sud tizimiga jami 513 ta murojaat bölgan.

Jami murojaatlardan 292 tasi böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilib, 112 tasi joyida ijobiy hal etildi.221 ta murojaat böyiça arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya va takroran kassatsiya tartibida hal etiş uçun qabul qilindi.

Jazodan ozod qiliş böyiça kiritilgan taqdimnomalar asosida axloq tuzatiş işlari jazosini ötayotgan 95 ta mahkumlar jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi. Jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 13 ta jinoyat işi böyiça 13 nafar şaxslar sud zalidan qamoqdan ozod etildi, 1 nafar şaxsga oid jinoyat işi taraflarning yaraşganligi munosabati bilan tugatildi.

Iqtisodiy işlar böyiça sudlar tomonidan sud majlislarida tadbirkorlar (da’vogar)ning 2 mlrd 331 mln sömlik da’vo talablari qanoatlantirildi.

Şuningdek, Boş prokuror Niğmatulla Yöldoşev qabuliga kirgan fermer Jizzax viloyati hokimligi uning bir mlrd söm mablağini bermay kelgani va prokuraturaga qilingan murojaatdan söng masala ijobiy yeçim topgani uçun minnatdorçilik bildirdi. 

“Çaqmoq” köp tarmoqli fermer xöjaligi raisi Zafar Hakimovning aytişiça, 2022 yilda körsatilgan aussorsing xizmati uçun Jizzax viloyati hokimligi fermerdan qariyb bir mlrd söm qarzdor bölib qoladi. Yetti oy davomida qator taşkilotlarga, hatto viloyat hokimining öziga murojaat qilsa-da, qarz tölab berilmaydi. Şundan söng Boş prokuraturaga ariza beradi va uç kun içida fermerning muammosi hal böladi.

Içki işlar vazirligi bergan ma’lumotga köra, tizimga qabul davomida 518 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 321 tasi bevosita içki işlar organlari faoliyati bilan boğliq. Murojaatlarning 297 tasi ijobiy hal etilgan, 221 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olingan.

Xususan, murojaatlarning 139 tasi içki işlar organlariga xizmatga qayta tiklaş, 33 tasi suriştiruv va tergov harakatlari yuzasidan, 32 tasi içki işlar organlarida xizmatni ötaş, 31 tasi tergovga qadar tekşiruv harakatlarini qayta körib çiqiş, 29 tasi probatsiya hisobidagi şaxslarni jazodan muddatidan oldin şartli ozod qiliş kabi murojaatlardir. Yettita holatda Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan oliş mazmunida murojaat qilingan.

Soliq qömitasiga ham 14 ta murojaat kelib tuşgan.

Şuningdek, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham yuqoridagi idoralarga tegişli bölmagan murojaatlar böyiça jismoniy va yuridik şaxslarni qabul qildi. Ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalarni eşitib, har bir murojaatni qonun doirasida hal etiş böyiça mas’ullarga tegişli körsatmalar berdi.

Respublika işçi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Xorazm viloyatida ötkazilişi rejalaştirilgan.