Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov Bökadagi sayyor qabul davomida 122 nafar fuqaroni qabul qilib, şundan 87 ta murojaat joyida hal etilgandi.
Kun.uz bevosita guvoh bölgan holatda jizzaxlik fuqarolar Islomovdan apellyatsiya sudini körib çiqişni boşqa hududdagi sudga ötkazişni iltimos qilişdi. Oliy sud raisi bu iltimosni qanoatlantirişga va’da bergandi.

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, ommaviy sayyor qabul doirasida Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovga fuqaro Dilnoza Qobilova ariza bilan murojaat qilib, turmuş örtoği S.Xöjanazarovga oid jinoyat işini Jizzax viloyat sudining apellyatsiya instansiyasidan boşqa viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga ötkazib berişni söragan.

“Ma’lumki, Jinoyat-protsessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat işining sudlovga tegişliligiga köra ötkazilişi) asosan işni boşqa viloyatdagi yoki Qoraqalpoğiston Respublikasidagi sudga ötkaziş masalasi Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan hal etiladi.
Kodeksning mazkur normasiga muvofiq uşbu jinoyat işi Jizzax viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining iş yurituvidan Toşkent viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida körib çiqiş va qonuniy hal etiş uçun yuborildi”, deyiladi Oliy sud Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.

Dilnoza Qobilova Oliy sud raisi bilan uçraşuvda Jizzaxda bölib ötgan birinçi instansiya sudi adolatsiz bölgani, guvohlar körsatmalari va dalillarni inobatga olmagani, bir yarim yil avval jinoyat alomatlari yöq deb topilib, yopib yuborilgan jinoyat işi nima uçundir yana qözğatilgani, tergov noxolis ötkazilganidan arz qilgandi. U sud tomonidan turmuş örtoğining 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani yuzasidan apellyatsiya bergani, ammo işni Jizzax yoki Sirdaryo viloyati sudlari körsa, adolat qaror topişiga işonmasligini bildirgandi.











