Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarindoshlarning o‘zaro janjali oqibatida ulardan biri jarohat oldi
2019 yil 10 aprel kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi U.U.va uning qarindoshi R.D. o‘zlari yollanib ishlayotgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Qoronqul mahallasidagi kottejda spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularning o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.U. shisha sinig‘i bilan R.D.ga jarohat yetkazgan.
Ta'kidlanishicha, natijada R.D. kasalxonaga yotqizilib, U.U.qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026