Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot yo‘lovchilarni tashlab ularsiz uchib ketdi
Foto: Stephane Mahe / Reuters
12 aprelda EasyJet aviakompaniyasining Londondan Lissabonga uchgan samolyoti yo‘lovchilarni Portuda tushirib, Lissabonga ularsiz uchib ketgan. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Samolyot Portugaliya poytaxtida mahalliy aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi vaqtinchalik yopiq bo‘lgani sababli qo‘na olmagan. Shundan keyin samolyot Portu aeroportida qo‘ngan va samolyotga yonilg‘i quyilishi kerakligi aytilib, undan yo‘lovchilar tushirilgan. Biroq 5 soatdan keyin yo‘lovchilarga samolyot Lissabonga ularsiz uchib ketgani ma'lum qilingan va u yerga avtobusda yetib olish taklif qilingan.
“Biz aeroportga kelgach, u yerda samolyot bizsiz Lissabonga uchib ketganini aytishmaguncha kutib o‘tirdik. Hamma bundan karaxt holga tushib qoldi. Keyin hamma Lissabonga avtobusda olib ketildi”, deb aytgan yo‘lovchilardan biri.
EasyJet’da Londondan uchgan EJU8717 reysi Portuda qo‘ngani tasdiqlangan, yo‘lovchilar esa samolyotdan ularga qulaylik yaratish maqsadida tushirilganlari ma'lum qilingan.
Aviakompaniya vakilining aytishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining yopilishi ekipajning qonun bilan belgilangan ishchi vaqt limitidan o‘tib ketishiga olib kelgan. Shu sababli yo‘lovchilarga bepul ichimliklar va Lissabongacha avtobus taklif qilingan.
“Biz yetkazilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz va ularga sabr-toqatlari uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb aytgan aviakompaniya vakili.
Ta'kidlash joiz, yo‘lovchilarga Portudan Lissabongacha 315 kmlik masofani avtobusda bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
09:29 / 06.11.2025
AQShda UPS samolyoti halokati qurbonlari soni 12 nafarga yetdi
19:03 / 29.10.2025
NASA shovqinsiz va tovushdan tez uchuvchi samolyotining ilk sinov parvozini o‘tkazdi
07:42 / 14.10.2025
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat
07:36 / 11.10.2025