Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Roma” o‘yinchilariga kanadalik rep ijrochi Dreyk bilan suratga tushish taqiqlab qo‘yildi
Italiyaning “Roma” klubi rahbariyati jamoa o‘yinchilariga kanadalik rep ijrochi Dreyk bilan birgalikda suratga tushishni taqiqlab qo‘ydi. Tegishli buyruq klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida e'lon qilingan.
“Roma”ning barcha futbolchilariga mavsum oxirigacha Dreyk bilan suratga tushish taqiqlanadi”, deyilgan e'londa.
Barchasiga esa klub rahbariyati irim qilayotgani sababdir. Gap shundaki, ushbu rep ijrochini qo‘llab-quvvatlovchi jamoalar mag‘lubiyatga uchrashi haqida mish-mishlar yuradi.
Misol uchun, o‘tgan hafta kanadalik “PSJ” o‘yinchisi Leven Kurzava bilan suratga tushgach, fransuz jamoasi Fransiya chempionatida “Lill”ga 1:5 hisobida yutqazgan.
Shuningdek, “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba va “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero ham “Dreyk lan'ati” “qurbonlari”ga aylanishgan. Ta'kidlanishicha, bu futbolchilar rep ijrochi bilan suratga tushgach, jamoalari mag‘lubiyatga uchragan.
Shuningdek, Dreyk Konor Makgregorga Xabib Nurmagomedovga qarshi jangi oldidan vazn o‘lchash marosimida hamrohlik qilgan. Ikki yakkakurashchining jangi kimning g‘alabasi bilan yakunlagani esa ko‘pchilikka ayon.
Mavzuga oid
11:12 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?
20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
10:44 / 26.05.2025