Jahon | 10:10 / 16.04.2019
4664
2 daqiqa o‘qiladi

Sudandagi qochqinlar lageridagi to‘qnashuvlarda 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Albert Gonzalez Farran

Sudanning Darfur tumanida ichki ko‘chirilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan lagerda yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Darfur viloyati gubernatoriga iqtibos keltirgan holda SUNA davlat agentligi xabar berdi. 

“Lager qurol bilan to‘lib-toshgan va u unda isyonchilar borligi sababli viloyat uchun noxavfsiz o‘choqqa aylangan”, deb aytgan gubernator Hoshim Xolid.

Agentlikning ta'kidlashicha, lagerni BMT va Afrika ittifoqining Darfurdagi tinchlikparvar missiyasi boshqaradi va viloyat ma'muriyatiga u yerga kirishga yo‘l bermaydi.

Sudanning g‘arbidagi Darfurda 2003 yildan beri vaqti-vaqti bilan Sudan hukumati kuchlari va isyonchi ayirmachi guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berib turadi. 2007 yilda BMT Xavfsizlik kengashi hududga BMT va Afrika ittifoqining harbiylari va politsiyachilari qo‘shma missiyasini jo‘natishga qaror qilgan.

Mavzuga oid