Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bosqinchilar ushlandi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida 11 aprel kuni viloyat IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu kuni “Lala ariq” mahallasida yashovchi X.N. IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U shu yil 14 mart kuni 3 nafar noma'lum shaxslar uyiga devor oshish yo‘li bilan bostirib kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, sariq metalldan yasalgan ayollar uzugi va avtomashina pultini olib, X.N.ga holat yuzasidan agarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsa o‘zini hamda oila a'zolarini o‘ldirishini aytib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan X.M., M.Ulug‘bek tumani Pilla-1 ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan B.R. va Toshkent viloyatining Piskent tumani A.Samadov ko‘chasida yashovchi M.T. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026