Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar qo‘mitasi Markaziy saylov komissiyasi bilan Hamkorlik bitimini imzoladi
Bugun, 16 aprel kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Markaziy saylov komissiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta imzolangan mazkur kelishuv xotin-qizlarning mamlakatimizda o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etishida konstitutsion huquqlaridan foydalanishni ta'minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik takomillashtirilishini ko‘zda tutadi, deya xabar beradi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
Hujjatga muvofiq, xotin-qizlar safidan deputatlar sonini ko‘paytirish, nomzodlarni saylov qonunchiligidan xabardorlik va huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini ta'minlash bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hamda ularning saylov huquqlarini kengaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Hamkorlik doirasida saylovlar jarayonida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, saylov sohasidagi bilimlarini boyitish, saylovoldi va saylov jarayonlariga xotin-qizlar keng jalb qilinishiga qaratilgan huquqiy o‘quv mashg‘ulotlari, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Ushbu kelishuv O‘zbekistonda xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o‘zlarini namoyon qilish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axborot va mafkuraviy islohotlar jarayonida ularning ishtirokini kengaytirish va aholi farovonligini ta'minlashda o‘z samarasini beradi.
Mavzuga oid
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
18:48 / 08.10.2024
Saylovda muddatidan oldin ovoz berish kunlari va vaqti belgilandi
15:52 / 20.09.2024