Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan keldi
Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi. U bilan birga qirollikka tarkibiga 11 vazir va 70 dan ko‘proq tadbirkor kirgan katta delegatsiya kelgan.
Tomonlar ikki kunlik tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni, mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolarni muhokama qilishni rejalashtirishgan.
Bundan avval Iroqqa Saudiya Arabistoni delegatsiyasi tashrif buyurib, qirollikning bir necha o‘n yillar davomida Bag‘dodda ochilgan ilk konsulligi ochilishida ishtirok etgan. Tashrif vaqtida Saudiya Arabistoni tomonidan Iroqni rivojlantirish loyihalariga 1 mlrd dollar ajratilishi e'lon qilingan.
Ta'kidlash joizki, Iroq bosh vaziri Saudiya Arabistoni bilan “teskari” bo‘lgan Eron bilan ham iliq munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Jumladan, Abdulmahdiy aprel boshida Tehronga tashrif buyurgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026