Yaponiya va Xitoyda sakura gullaganida butun dunyo bu mamlakatlarda olingan suratlardan zavq oladi. Bu yerdagi birorta boğni uşbu daraxsiz tasavvur etib bölmaydi. Sayyohlar möjizani tomoşa qiliş, professional fotograflar esa eng yaxşi kadrlarni oliş uçun mazkur mamlakatlarga sayohatni ataylab bahor oylariga rejalaştirişadi. Bu kabi gözal manzarani körganda tasavvuringizda daraxtning yozdagi hosili gavdalanadi. Biroq bu daraxt özi nima: olçami, balki olxöridir? Nima uçun hosil yiğib olinişi haqidagi xabarlarni eşitmaymiz? Axir bu kabi qiyğos gullagan daraxtda mevalar ham pişişi kerak-ku.

Aslida sakura bir turdagi muayyan ösimlik emas, erta gullaydigan butalar va olxöridoşlar oilasiga mansub, baland ösmaydigan daraxtlar guruhidir. Misol uçun Tokiodagi Sindzyuku-gyoen boğida sakuraning 75 ta turidan töplangan. Bu butalar bahorning boşida gullaydi, u sehrli bulutni yodga soladi. Sakura oq rangdan tortib, oç puşti rangda gullaydi. Biroq sakura deyilganida köpinça olça daraxti tuşuniladi. Yovvoyi holatda bu beozor daraxt Yapon arxipelagi, şuningdek materikda – Xitoy hamda Koreya yarimorolida uçraydi. Yoqimli iqlim şaroitlarida bu olça daraxt ölçamlarigaça, 20 metrdan ortiq balandlikkaça ösadi. Biroq dekorativ maqsadlarda foydalaniladigan turlariga doimiy ravişda şakl berib turiladi.

Hozirgi kunda bu ösimlik kultivatsiya qilinadi va uni istalgan xitoy va yapon boğlarida uçratiş mumkin. Yaponiyada gullagan sakurani tomoşa qiliş an'anasini anglatuvçi alohida söz ham mavjud. Bu an'ana yöqolmaydi – mamlakatdagi millionlab yaponlar şahar köçalari va boğlarga çiqib, tabiatning uşbu möjizasidan bahra olişadi.

Bundan taşqari, mamlakatning har bir aholisi sakura gullaşini tomoşa qilişini oldindan rejalaştirişi uçun Yaponiyada meteorologik xizmat tomonidan turli prefekturalarda sakuraning gullaş muddatlari prognozi beriladi. Biroq eng hayratlanarli jihati asosiy meteorologik postlar yonida albatta sakura daraxti ösadi, unga qarab iqlimşunoslar gullaşning prognoz xaritalarini tuzişadi.

Ammo sakuraning köplab turlari, jumladan keng tarqalgan mayda olça ham yeb bölmaydigan mevalarga ega, uning katta qismi danakdan iborat. Aynan şu sababli sakura mevalari asosan quşlar tomonidan iste'mol qilinadi, odamlar esa uning maftunkor gullaş jarayonidan bahra olişadi.




















