Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.
Oxirgi 7 yilda maktabgaça va maktab ta’limi uçun mablağ 7 karra oşirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion söm yönaltirilayotgani ta’kidlandi.
Maktablarda 1 millionga yaqin, boğçalarda 1,5 million yangi örinlar yaratildi. Boğça bilan qamrov 3 karra oşib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til biliş, yangi baholaş tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida öqituvçilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming öqituvçi hozirda 8-12 million söm maoş olyapti.
Boğça tarbiyaçilari oyligi 65 foizga oşib, maktab öqituvçilari maoşiga tenglaşdi. Yangi öquv yilidan maktab direktorlari, örinbosarlari va boğça mudiralarining iş haqi 7-10 million sömdan oşadi.

Prezident sohada mavjud muammolarga töxtaldi.
Ta’lim dasturlari eng ilğor mamlakatlar tajribasiga moslaştirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilyapti.
Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni özlaştirişi, ta’lim sifatini ta’minlaşi qay darajada ekani savol ostida.
Masalan, ikki yil oldin toifa beriş tizimi şaffof, raqamlaşgan platformaga ötgani haqiqiy ahvolni körsatdi.
Jumladan, ötgan yili 341 ming öqituvçi yangi tizim asosida toifaga topşirgan bölsa, şundan 102 ming nafari imtihondan öta olmagani qayd etildi.
Işga olişda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholaş tizimiga ötildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bölgani uçun işga kira olmadi.
Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar öqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika böyiça muallim tayyorlanmaydi.








