Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib jazo o‘tayotgan besh nafar mahkuma ayol sud zalidan ozod etildi
19 aprel kuni Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atida besh nafar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan mahkumalar arizasi nazorat tartibida ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Mahkumalar sodir etgan jinoyatlaridan kelib chiqib, yetti yarim yildan o‘n uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishgandi.

Oliy sud taraflarni, prokuror va advokatlarni hamda mahkuma ayollarning so‘zlarini tingladi. Mahkumalar sodir etgan jinoyatidan pushaymonligini aytib, prezident va xalqdan kechirim so‘rashdi. Bundan tashqari, sudda ayblanuvchilarning yoshi, axloqi hamda jazoning asosiy qismini o‘taganligi hisobga olindi. Ular Xotin-qizlar qo‘mitasining kafillik xati asosida sud zalidan ozod etildi va yaqinlari bag‘riga qaytarildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi bugun ozodlikka chiqarilgan bu ayollarga hayotini iziga solishga yordamlashish va nazoratiga olishini ta'kidladi.







Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
18:16 / 08.05.2026
Sanjar Karimov 5 yilga qamaldi
19:44 / 07.05.2026
Xon Saroy’ning “Bahor Residence” turar joy majmuasi bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. 6 kishi qamoqda
15:24 / 07.05.2026