Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada rekord kattalikdagi oltin vanna yaratildi
Yaponiyaning Sasebo shahridagi kurortda dunyodagi eng katta oltin vanna o‘rnatildi. Bu haqda Kyodo news nashri xabar berdi.
Vanna 150 kg 18 qirotli sof oltindan tayyorlangan. Uni tokiolik ustalar guruhi yaratgan. Vannaning narxi taxminan 800 mln iyen – 7,1 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Vanna issiq chashmalar kurortida o‘rnatilgan bo‘lib, undan barcha istovchilar foydalanishlari mumkin. Vanna aylana shaklida bo‘lib, o‘z ichiga ikki kishini sig‘dira oladi.
Vanna tegishli tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu vannada hordiq chiqarish soatiga taxminan 48 dollarni tashkil qiladi.
Antiqa vanna, shuningdek, Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026