O‘zbekiston | 21:30 / 23.04.2019
10227
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident yana 265 kishiga fuqarolik berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 aprelda imzolangan Farmoniga asosan mamlakat fuqarolari safi yana 265 nafarga ko‘paydi. Ular orasida 70 nafar koreys millatiga mansub yurtdoshlar ham bor. 

«Bu mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvarlik va bag‘rikenglik siyosatining yorqin namunasi sifatida xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta'minlash, xalqni rozi qilish mujassam. Ona diyorimizda ko‘p yillardan buyon yashab kelayotgan, o‘zi va oilasi taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan shaxslarga mamlakatimiz fuqarosi bo‘lish imkoniyatining yaratilishi esa, ushbu xayrli ishlarning mantiqiy davomidir!», deyiladi O‘zA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 18-21 aprel kunlarida Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi.

Mavzuga oid