Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Özbekistonga davlat taşrifini amalga oşirgan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In öz taşrifini yakunladi.

18 aprel kuni Toşkentga kelgan Koreya Respublikasi Prezidenti 19 aprel kuni ikki davlat rahbari iştirokidagi muzokaralarda va ikki davlat biznesmenlari iştirokidagi biznes-forumdda iştirok etdi, 20 aprel kuni Toşkentda Koreys madaniyat va san'at uyi oçilişida qatnaşdi hamda şu kuni Samarqand viloyatiga borib, tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Mun Je In 21 aprel kuni Samarqanddan jönab ketdi. Uning Markaziy Osiyoga turne doirasidagi keyingi taşrifi Qozoğistonga böladi.