Jahon | 16:27 / 23.04.2019
8769
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Eron nefti bo‘yicha qaror uchun AQShga minnatdorlik bildirdi

Foto: REUTERS

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Assaf qirollik AQShning Eron nefti bo‘yicha sanksiyalar istisnosini bekor qilish to‘g‘risidagi qaroridan minnatdor ekanligini bildirdi. 

AQSh o‘tgan yili Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketgandi. Shu bilan birga Shtatlar qator davlatlar (Xitoy, Hindiston, Italiya, Gretsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Turkiya) uchun vaqtinchalik istisno o‘rnatgan, ya'ni ma'lum bir vaqtga qadar ularga Eron neftini sotib olgani uchun sanksiya kiritmaslik majburiyatini olgandi. Dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron nefti bo‘yicha qator mamlakatlar uchun istisno rejimini uzaytirmaslikka qaror qilganini ma'lum qildi. Oq uy shu tarzda Eron nefti eksportini butkul to‘xtatishni ko‘zda tutmoqda.

"Qirollik AQShning bu qadamini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, bu chora Eron rejimini beqarorlik siyosati, butun dunyoda terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilishni to‘xtatishga majbur qiladi deb hisoblaydi. Eron rejimi har doim o‘z tabiiy resurslaridan xalqaro huquq tamoyillarini tan olmaydigan xavfli siyosatini moliyalashtirish uchun foydalanib kelgan", - deya al-Assafning so‘zlaridan iqtibos keltiradi SPA agentligi.

Mavzuga oid