O‘zbekiston | 11:12 / 24.04.2019
14716
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirildi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

23 aprel kuni O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi besh yillik loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Yevropa ittifoqi (15 mln. yevro) va Jahon banki (150 mln. AQSh dollari) tomonidan moliyalashtiriladi va samarasizlik, kichik fermerlar uchun moliya va bozorga kirish cheklovlari, turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida munosabatlar muvofiqlashtirish darajasi, qiymat zanjirini samarasiz boshqarish, sifatli tibbiy xizmatlarining yetishmasligi hamda tadqiqot muassasalari uchun yetarli bo‘lmagan resurslar kabi chorvachilik sohasidagi asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida aytilishicha, O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlarining 90 foizi kichik fermer xo‘jaliklariga bog‘liqligi qayd etildi: kichik fermerlarning ko‘pchiligi past darajadagi hosildorlik, bozorlar va yuqori qiymat zanjirlariga qo‘shilish uchun zaif aloqalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi 

Fermerlar dehqonchilikning yerlarining 15 foizdan kamrog‘iga egalik qilsalar ham, chorvachilikda ularning ulushi ishlab chiqarishning 90 foizdan ortig‘igacha ko‘paydi. Fermerlarga 94% yirik qoramol va 63% parrandalar tegishli. Kichik fermerlarning aksariyati uy xo‘jaliklarining ehtiyojlaridan ortiqcha tovar daromadlarini deyarli ishlab chiqarmaganligini hisobga olsak, unumdorlik pastligicha qolmoqda. Shu bilan birga, 4.7 million kichik fermerlar chorvachilikka o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tayanadi.

Loyiha, savdo qiymat zanjirlarida ishtirok etadigan kichik fermerlarning sonini ko‘paytirish, hosildorlik va ishlab chiqarishni oshirish, shuningdek, foyda va barqaror daromadlarni ko‘paytirish orqali tarmoq samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

«Fursatdan foydalanib, Yevropa ittifoqi va Jahon banki delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar hamda doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Vazirliklari tomonidan yuksak baholanmoqda», - deya ta'kidladi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Bundan tashqari, loyiha fermer va qiymat zanjirining iqtisodiy operatorlari uchun tijorat banklari orqali imtiyozli kredit shartlari asosida kredit liniyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadigan eng yaxshi amaliyotlarni tarqatadi. Bundan tashqari, loyiha qiymat zanjiri ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi (ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va xizmat ko‘rsatuvchilarni texnik ko‘mak grantlari, kengaytirish xizmatlari va qo‘shimcha investitsiyalar orqali)

«Ushbu loyiha davlat xo‘jalik organlarining salohiyatini oshirish, davlat xizmatlarini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqotlarni o‘tkazish, veterinariya xizmatlari va qiymatlar tizimini rivojlantirishga qaratiladi. Xususan, Yevropa ittifoqi granti kichik ishlab chiqaruvchilar uchun moliyalashtirish imkoniyatini ta'minlash, kichik fermerlarning samaradorligini oshirish va bozor ishtirokini kengaytirishga yordam beradi», - dedi Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays.

Jahon banki kreditlari veterinariya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning barcha hududlarida chorvachilikka ishlovchi kapital va investitsiyalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Mavzuga oid