Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi g‘olibi aniqlandi
LUKOIL Uzbekistan Operating Co kompaniyasi «Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi g‘olibi deya e'tirof etildi.
Tashkent Law Spring birinchi xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vazirligi «Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat» tanlovi e'lon qilingan edi.
Ushbu tanlovga mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan uchta tashkilot nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi:
– «O‘zSanoatqurilishbank» yuridik xizmati;
– LUKOIL Uzbekistan Operating Co yuridik xizmati;
– Samarqand avtomobil zavodi yuridik xizmati.
Tanlov natijasiga ko‘ra, Samarqand avtomobil zavodi yuridik xizmati uchinchi o‘rin, «O‘zSanoatqurilishbank» yuridik xizmati ikkinchi o‘rin, LUKOIL Uzbekistan Operating Co yuridik xizmati birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘oliblarga Adliya vazirligi tomonidan mos ravishda 10, 5 va 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.


«Tashkilotimiz 2004 yildan buyon O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Mamlakatdagi iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlar ijobiy xarakterga ega. Forumning barcha mehmonlarini O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga da'vat etib qolaman», deydi LUKOIL Uzbekistan Operating Co bosh direktori Stepan Gurjiy.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026