Jahon | 21:43 / 25.04.2019
10736
2 daqiqa o‘qiladi

GRU boshlig‘i AQSh yaqin orada Kuba va Nikaraguada inqilob uyushtirmoqchiligini ma'lum qildi 

Foto: Jorge Sanz / Globallookpress.com

Vashington yaqin orada Kuba va Nikaraguada inqilob uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ko‘proq GRU nomi bilan ma'lum bo‘lgan – Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov aytib o‘tdi.

Kostyukovning ta'kidlashicha, AQSh Venesuelada Lotin Amerikasi rangli inqilobi texnologiyasini “pishitmoqda” va yaqin orada bu texnologiya boshqa davlatlarda qo‘llanishi mumkin. Bundan, jumladan, “AQSh tomonidan moliyalashtiriluvchi Nikaragua muxolifati atayin nomaqbul talablarni ilgari surish yo‘li bilan muloqotni barbod qilayotgani” ham darak beradi. 

GRU boshlig‘ining aytishicha, AQSh Kubada iqtisodiy bosimni boshlab, hokimiyatni o‘zgartirishga urinmoqda. Kostyukov Vashington Lotin Amerikasini o‘z nazoratiga olishga urinib, xalqaro huquq me'yorlarini pisanda qilmayapti va barcha salbiy oqibatlarni hisobga olmayapti. Rossiya vakilining fikricha, natijada AQSh siyosati mintaqadagi xavfsizlikka asosiy tahdid hisoblanadi.

Kostyukovning ma'lum qilishicha, Lotin Amerikasida “islom” terrorchilari panohgohi va ularni tayyorlash lagerlari paydo bo‘lgan.  

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo fevralda Vashington nafaqat Venesuelada, balki Nikaragua va Kubada ham hokimiyatni almashtirmoqchiligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid