Jahon | 21:41 / 25.04.2019
5575
1 daqiqa o‘qiladi
Microsoft’ning bozor qiymati 1 trillion dollardan oshdi
Microsoft kompaniyasi Apple va Amazon kompaniyalaridan keyin kapitallashuvi 1 trln dollardan oshgan AQShning uchinchi kompaniyasiga aylandi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Microsoft’ning aksiyalari narxi 25 aprelda Nyu-York fond birjasida 5,1 foizga qimmatlashib, 131,37 dollarga yetgan.
Aksiyalar kursi qisqa fursat 130 dollardan yuqoriroq bo‘lib turgan. Ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 129,67 dollarni tashkil qilmoqda.
Apple 2018 yilda bozor qiymati 1 trln dollardan oshgan ilk kompaniya bo‘lgandi. Joriy yilda Amazon ham shu natijaga erisha olgan.
Mavzuga oid
00:49 / 30.10.2024
Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi
20:11 / 26.10.2024
Microsoft rahbarining maoshi 79 mln dollarni tashkil etdi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
23:20 / 03.10.2024