Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya matbuoti Kim Chen Inning Rossiyaga kelganini bir kun o‘tib ma'lum qildi
Foto: KCNA
Shimoliy Koreya matbuoti Kim Chen Inning 24 aprelda Vladivostokka kelganini bir kun o‘tib, ya'ni 25 aprelda ma'lum qildi. Shimoliy Koreyada 24 aprelda Kim Chen Inning Rossiyaga jo‘nab ketganigina ma'lum qilingan.
Koreya markaziy telegraf agentligi va “Nodon sinmun” partiya gazetasi 25 aprelda bir xil matnni e'lon qilgan. Unda Vladivostok Shimoliy Koreya yetakchisini “kutib olish iliq muhiti bilan qamrab olingani” ta'kidlab o‘tilgan.
Shimoliy Koreya matbuoti Kim Chen Inning vokzalda kutib olinishi marosimi haqida qisqacha ma'lum qilib, u tomonidan Xasan stansiyasida ikki davlat o‘rtasidagi chegara kesib o‘tilgani, jumladan Kim Chen Inning rus an'analariga ko‘ra tuz va non bilan kutib olinganini ma'lum qilgan. Pxenyan tomonidan tarqatilgan axborotda Kim Chen In o‘z minnatdorligini bildirgani aytilgan, biroq uning muayyan so‘zlari keltirib o‘tilmagan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
21:08 / 04.11.2025