Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sultonov «Lukoyl» direktorlar kengashining O‘zbekistondagi yig‘ilishi ahamiyati haqida gapirdi
Foto: Sherzod Ikramutdinov
Butun neft-gaz bozori Buxoro viloyatidagi «Qandim» gazni qayta ishlash kompleksi hududida bo‘lib o‘tayotgan, «Lukoyl» direktorlar kengashining sayyor yig‘ilishi natijalarini kutmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov ma'lum qildi.
«Aminmanki, bugun bo‘lib o‘tayotgan shunday muhim voqea.., jahon hamjamiyatining nigohi Buxoroga, Qandimga qaratilgan. Barcha yig‘ilish natijalarini kutmoqda: aksiyadorlar, kompaniya hamkorlari, butun neft biznesi», - dedi Sultonov. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya kompaniyasining direktorlar kengashi yig‘ilishi birinchi marta bo‘lib o‘tmoqda.
Energetika vazirligi rahbarining umid qilishicha, yaqin kelajakda yangi yo‘nalishlarda «Lukoyl» bilan hamkorlik kengaytiriladi.
«Xususan, bu geologiya-qidiruv ishlaridir. Navoiy viloyatidagi uchta investitsion blok bo‘yicha materiallar «Lukoyl»ga topshirildi. Bu juda istiqbolli yo‘nalish. Umid qilamizki, gazni chuqur qayta ishlash sohasida ishlashni davom ettiramiz», - deya qo‘shimcha qildi vazir.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, «Lukoyl» nafaqat «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi, balki butun respublika uchun asosiy strategik sherik sanaladi.
Mavzuga oid
15:13 / 29.01.2026
«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi
14:20 / 12.01.2026
Ukraina “Lukoyl”ning burg‘ilash qurilmalari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
09:00 / 21.12.2025