Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Putin va Kim Chen In muzokarasini diqqat bilan kuzatayotganini ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov
Yaponiya Rossiya va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi muzokarani diqqat bilan kuzatmoqda, deb ma'lum qildi Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga.
"Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatni hukumat doimo katta e'tibor bilan kuzatib boradi, ma'lumot to‘playdi va tahlil qiladi. Yuqori darajadagi Rossiya-Shimoliy Koreya uchrashuvi ham diqqat markazimizda turibdi, ammo hozircha uning natijalarini taxmin qilmay turaman", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda NHK telekompaniyasi.
U shuningdek, Yaponiya Koreya yarimorolini yadrosizlantirish borasida AQSh, Janubiy Koreya hamda Xitoy va Rossiya bilan hamkorlik qilishini ta'kidlagan.
Bugun, 25 aprelda Vladivostok shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ushbu uchrashuv ikki siyosatchining ilk uchrashuvi va Kim Chen Inning 2011 yilda hokimiyatga kelganidan keyin Rossiyaga ilk tashrifi bo‘lishidan tashqari, Kim Chen Inning Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi lavozimiga aprelda qayta saylanishidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:57
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
13:38 / 20.02.2026