Foto: Layfxaker

Kamroq işlaş va yanada samarali böliş mumkin

«Hissiy intellekt» besselleri muallifi doktor Trevis Bredberi fikriça, biz uçun odatiy sakkiz soatlik iş kuni – işga nisbatan eskiça yondaşuv. Agar samarador bölişni istasangiz, undan voz keçiş va vaqtni rejalaştirişning yangi usulini topiş kerak.

Nima uçun sakkiz soatlik iş kuni samarasiz?

Grafik sanoat inqilobi ana şunday normalaştirilgan, uning maqsadi işçilar fabrikalarda qöl mehnati uçun sarflaydigan vaqtni qisqartirişdan iborat edi. Bu ikki yuz yillik islohot. Bugun esa u mos kelmaydi.

Biz ham ota-onamiz kabi tanaffuslar bilan sutkasiga sakkiz soat işlaşimiz kerak deb hisoblanadi. Köpçilik odamlar esa hatto tuşlik vaqtida ham mehnat qilişadi.

Bu eskirgan yondaşuv yordam bermaydi, aksinça samaradorlikka xalaqit qiladi.

Draugiem Group tomonidan yaqinda ötkazilgan tadqiqotda kompaniya ilova yordamida öz xodimlarining işdagi odatlarini kuzatgan. Tadqiqotçilar odamlar qança vaqtini turli vazifalarga sarflaşini kuzatib, ularning ahamiyatini samaradorlik körsatkiçi bilan taqqoslaşgan.

Kompaniya hisoblaş jarayonida quyidagilarni kuzatdi: iş kunining davomiyligi ahamiyatga ega bölmagan – odamlar kunni qanday taşkil etgani muhim bölgan. Xususan, öziga qisqa tanaffuslar bergan xodimlar bir neça soat tinmay işlaganlarga qaraganda unumli bölişgan.

Ideal nisbat 52 daqiqa iş va 17 daqiqa hordiqni taşkil etgan.

Aynan şu jadvalga amal qilgan kişilar işlariga töliq diqqatlarini qarata olişgan. Deyarli bir soat vaqt davomida ular özlarini belgilangan vazifaga 100 foiz baxş etişgan. Ular ijtimoiy tarmoq  va elektron xatlarga çalğişmagan.

Çarçoqni his etişgaç (aynan bir soatdan keyin) ular qisqa tanaffuslar qilişgan, hordiq vaqtida esa iş bilan maşğul bölişmagan. Bu ularga miyalarini tin oldiriş, keyingi bir soatni yana unumli ötkazişda yordam bergan.