Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston bilan «Forish»dagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakuniga yetdi (video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 26 aprel kuni Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston qo‘shinlari bo‘linmalari o‘rtasida “Hamdo‘stlik qalqoni–2019” maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Ikramov, Turkiya hamda Pokistonning O‘zbekistondagi harbiy attashelari Mustafa Baloglu va Imron Orif, mas'ul ofitserlar va OAV vakillari bevosita kuzatib bordi.
Amaliy harakatlar davomida maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalari tomonidan tog‘li hududda shartli noqonuniy qurolli guruhni razvedka qilish, bloklash va yo‘q qilish, vertolyot aviatsiyasi yordamida yo‘q qilish bo‘yicha vazifalar bajarildi. Mashg‘ulotga Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita Mi-24 vertolyotlari ham jalb etildi.
Shuningdek, har uchala davlat harbiylari tomonidan ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni ta'minlashda qo‘l keladigan sodda va unumli mexanizm namunalari ko‘rsatib berildi.
Tog‘ tayyorgarligi ilmlarini taqozo etadigan sinovlar chog‘ida uch guruhda, uchta o‘quv joyida hamkorlikda shartli ravishda noqonuniy qurollangan kuchlarga qarshi harakatlar chizmasi, taktik harakatlarning ketma-ketligi, cho‘qqilarni zabt etish va qo‘qqisdan zarba berish, o‘zaro aloqa uchun signallar o‘rnatish kabi topshiriqlar bajarildi.
Maxsus taktik mashqlar natijalariga ko‘ra, Turkiya, Pokiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalariga yuklangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.
Shundan so‘ng, “Forish” poligonida hamkorlikdagi mashg‘ulot ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025