O‘zbekiston | 19:15 / 26.04.2019
8984
4 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning 5ta muhim tashabbusi doirasida So‘x tumanida qanday ishlar amalga oshirildi?

Respublikamizning eng chekka go‘shasi – Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida ham bugun katta islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda 10ta zamonaviy inshoot va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi. Quvonarlisi shundaki, ushbu inshootlarning barchasi So‘xlik tadbirkorlar tomonidan qurilgan va shu bilan birga, tumanda aholini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta'minlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tumanning Sarikanda mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Furqatjon Domulloyev tomonidan uch qavatli zamonaviy inshoot qurilib, foydalanishga topshirildi. Binoning asosiy qismida fitnes-zal joylashgan bo‘lib, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilindi. Ushbu inshoot qurib bitkazilishida Agrobank tomonidan 200 mln. so‘m miqdorida imtiyozli mablag‘lar ajratildi.

Shuningdek, mazkur qaror asosida tumanning eng chekka – Hushyor mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritadigan YaTT Gulzora Mo‘'minovaga 60 million so‘m miqdorida imtiyozli mablag‘lar ajratish orqali, mahallada joylashgan bo‘sh binoda tikuvchilik sexini ochishga muvaffaq bo‘lindi va bugungi kunda 40 nafar xotin qizlar o‘zlarining doimiy ish joylariga ega bo‘ldilar.

Tumanning Obishir mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Sanobar Tojiboyevaga mazkur qaror doirasida Xalq banki tomonidan 30 million so‘m miqdoridagi imtiyozli mablag‘lar ajratilib, mahallada tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va endilikda ushbu sexda 20 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi.

Shu o‘rinda shuni ta'kidlash lozimki, Respublikamizning chekka hududlaridan biri hisoblangan So‘x tumanining markazida hozirda 6ta ijtimoiy soha inshootlari tashkil etilib, aholi uchun foydalanishga topshirildi. Endilikda tuman markazida tashkil etilgan «So‘x kompyuter servis» MChJ qoshidagi yangi kutubxona, YaTT Shahzod Nazarov tashabbusi bilan bunyod etilgan internet-kafe, Zafarjon G‘aniyev tomonidan tashkil etilgan kompyuter savodxonligi markazi va kitob savdo do‘koni, Tuman madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan «Alhambek» ovoz yozish studiyasi hamda rassomchilik yo‘nalishidagi yangi zamonaviy san'at to‘garaklari ham tuman yoshlariga katta sovg‘a bo‘ldi.

Tumanda yana bir ko‘rkam va hashamatli inshoot – tuman «Yoshlar mehnat guzari» ishga tushirildi. Ushbu zamonaviy inshoot Tul mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor H.Haydarov tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Inshoot qurilishiga salkam 5 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Ushbu inshootlarning foydalanishga topshirilishi katta bayramga aylanib ketdi va tantanalarda tuman hokimligi, viloyatdan kelgan mehmonlar, Agrobank va Xalq banki viloyat boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mazkur loyihalarning barchasini amalga oshirishda viloyat va tuman hokimligi, Agrobank, Xalq banki va boshqa mutasaddi tashkilotlarning beqiyos yordamlari ahamiyatga molik.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid