Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan davlat çegarasini qöriqlaş va uning daxlsizligini ta’minlaşga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan boğliq holat foş etildi.
Xususan, “özbek-qirğiz” davlat çegarasining Farğona tumani hududidan ötuvçi qismida noma’lum şaxslar tomonidan qöşni respublikadan kontrabanda yöli bilan olib kirilib, taşlab ketilgan 3 ta qop aniqlangan.
Tekşiruv jarayonida uşbu qoplar içida umumiy qiymati 3 milliard 297 million söm bölgan 30 ming 660 dona “Regapen” hamda 925 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi ma’lum böldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) va 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda uşbu noqonuniy yuklarning egalarini aniqlaş va qölga oliş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Çegara hududida milliardlab sömlik noqonuniy dorilar topildi
13:33 / 15.05.20263 7641 min
Farğona viloyatidagi “özbek-qirğiz” davlat çegarasi orqali olib ötilmoqçi bölgan 3 milliard sömdan ortiq qiymatga ega kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.











