Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan bojxona hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida Qöqon şahrida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşina Uçköprik tumani hududida töxtatilib tekşirildi.

Tekşiruv natijasida avtomaşina salonidan 4 kilogramm 41 gramm “gaşiş” moddasi aniqlandi. Şuningdek, mazkur fuqaroning yaşaş manzilidan ham qöşimça ravişda 867 gramm “gaşiş” olingan.

Tergovga qadar tekşiruv jarayonida uşbu giyohvandlik vositalari uning 1980 yilda tuğilgan toğasiga tegişli ekani ma’lum bölib, u ham qölga olindi.

Aniqlanişiça, giyohvandlik vositalari qöşni respublikadan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadida tayyorlaş, saqlaş va taşiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanib, tergov harakatlari davom etmoqda.