Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzordan Lacetti’ni olib qochgan shaxs Sirdaryo tumanida ushlandi
Shu yilning 20 aprel kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi R.O. mast holda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Olmazor” metro bekati oldida Oqdaryo tumanida yashovchi Ya.J.ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng u haydovchi chalg‘iganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.O. avtomashinani Sirdaryo tumani hududida haydab ketayotganida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
16:47 / 02.07.2025