Paxtakor tumanidagi 34 fermerning böyniga 1 mlrd 300 mln sömdan ziyod mablağ qöyilgani sababi nima?
|13:15 / 27.04.201941 99911 min
«Bugun tilimizga yangi atama — klaster kirib keldi. Qisqa qilib aytganda, paxta yetiştirişdan tortib, undan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan bosqiçlarni öz içiga qamrab olgan mazkur usul paxtaçilikni yanada rivojlanişiga xizmat qilişi kerak. Jizzax viloyati, Paxtakor tumani «Amir Temur» va «Guliston» massivlarida aynan şu usulni qöllaş maqsadida yaxşi niyatlar bilan Özbekiston – Amerika qöşma agroklasteri taşkil etildi.
Bizning roziligimiz bilan tuman hokimligi zaxirasiga ötkazilgan eng unumdor 2 ming gektar yer maydoni klasterga berildi. Tumanda paxtaçilikni rivojlantiriş uçun xizmat qiladigan klasterni iş boşlaşi qişloq xöjaligida yaxşi natijalarga erişişiga şubha qilmaymiz. Köplab iş örinlari yaratiladi. Biz ham ana şu niyatda yerlarimizni heç bir qarşiliksiz, öz ixtiyorimiz bilan topşirdik. Özaro kelişuv va davlat rahbarining «Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni taşkil qiliş töğrisida»gi №4009-sonli qaroriga asosan bizga zararlarni töliq qoplaş haqida va'da berişdi.
Biroq ötgan 2018 yilning noyabr oyidan beri Paxtakor tumani hokimligi hamda Özbekiston – Amerika qöşma agroklasteri orasida sarsonmiz. Ğalla yetiştiriş maqsadida olingan imtiyozli kreditlarimiz va bir qator agrotexnik tadbirlar uçun ketgan xarajatlarni tölaşni zimmasiga olgan mas'ullar «ertaga keling, albatta beramiz», deya quruq va'dalar berişdan nariga ötmaydi. Buning natijasida Foriş tumani iqtisodiy sudi qaroriga asosan, biz qarzdor bölib qoldik. Uşbu muammoni yeçişda yordam berişingizni söraymiz», — deb yozişgan tahririyatimizga paxtakorlik fermerlar.
Murojaatni örganiş maqsadida Paxtakor tumani, Amir Temur jamoa xöjaligidagi «Guliston» SIU hududida faoliyat yuritgan fermerlar bilan uçraşdik.
— Ötgan 2018 yil noyabr oyida prezidentning «Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni taşkil qiliş töğrisida» gi № 4009 sonli qaroriga asosan Paxtakor tumanida «Silverleafe BMB Agro Trade Group» qöşma korxonasiga tumandagi «Guliston» SIUdan 2 ming gektar yer ajratib berildi. Klaster taşkil qiliş uçun berilgan Öşa 2000 gektar yerning 921 gektariga oktabr oyida ğalla ekilgandi. Ğalla uçun davlatdan uruğ va bankdan imtiyozli kredit olganmiz, fermer xöjaligidagi işçilarga ğallani ekiş, suğoriş va agrotexnik tadbirlar uçun yonimizdan maoş tölaganmiz. Ğalla esa öz-özidan unmaydi.
Mavzuga oid
Xullas, Paxtakor tuman hokimining «Yer maydonlarini zaxiraga oliş» töğrisidagi 1256-sonli qaroriga asosan fermer xöjaligiga tegişli bölgan yerlar tuman hokimligi zaxirasiga ötkazildi va klasterga berildi.
Tabiiyki, 2019 yil uçun ekilgan ğalla maydonlari tekislab taşlandi. Biz albatta klaster taşkil qilinganiga xursand böldik. Qarorga asosan yanvar oyigaça bizga barça xarajatlar tölanişi lozim edi, ammo bizga noaniq sabablarga köra bu iş orqaga surilaverdi.
Bir neça marta tuman hokimi Şukrullo Boboyevga uçraşdik. Har safar borganimizda tuman hokimi bizga qöşma korxona rahbari janob Den Patterson hali Amerikadan kelmaganini, kelsa albatta qarorda körsatilgan xarajatlar tölanişini va'da qildi.
Biz «Jizzax Don mahsulotlari» AJdan 34 nafar fermer jami 586 million sömga uruğ olganmiz. 504 million söm imtiyozli kredit ham bizning zimmamizda. Fermer xöjaligidagi işçilarimiz bilan 170 million söm miqdorida iş haqlarini tölaş uçun şartnoma tuzganmiz.
Xullas, bizga öşa klasterning moliyaviy direktori Şerzod Inomov barça xarajatlarni hisoblab olib kelişimizni aytdi. Biz barça xarajatlarni hisoblab tegişli hujjatlarni olib borib berdik. Ammo heç qanday natija bölmadi. Belgilangan muddat yaqinlaşdi.
Kuni keça bizni sudga çaqirişdi. «Jizzax Don mahsulotlari» AJ sudga da'vo ariza kiritibdi. Bank ham, albatta, ertaga sudga da'vo ariza bilan murojaat qilişi tabiiy. Dard ustiga çipqon deganlaridek fermer xöjaliklarida mehnat qilgan işçilarimiz ham öz iş haqlarini undiriş uçun turli idoralarga arz qilişmoqda. Alam qilgani — heç kimning biz bilan işi yöq. Kimdir bizni ham yonimizdan çiqib, dardimizni his qilib eşitadimi, muammolar hal böladimi? — deydi Şuhrat Nuriddinov.
— Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Jizzax viloyat Xalq qabulxonasiga ham bordik. U yerda bizga advokat olişni maslahat berişdi. Özingiz öylab köring, bu yerda advokatga hojat bormi? Davlatimiz rahbarining qarorida aniq-tiniq qilib xarajatlar tölanişi belgilab qöyilgan bölsa. Yana qanday isbot, dalil kerak? Biz korxona rahbari Den Patterson kimligini ham bilmaymiz va tanimaymiz, u bilan suhbatlaşişga imkonimiz ham yöq. Biz bilan yanvar oyigaça xuşmuomalalik bilan, barça xarajatlar tölanişini va'da qilgan qöşma korxonaning moliyaviy direktori Şerzod Inomov endi pullarni tuman hokimidan undirib olişimizni ta'kidladi.
Barça xarajatlar ayni kunda 1 mlrd 311 mln 756 ming 392 sömni taşkil qiladi. Sudning qaroriga köra uşbu mablağ bir oy muddat içida tölanişi lozim. Biz bu summani qanday tölaymiz? Oramizda işsizlar bor. Ertaga MIB xodimi kelib uyimizdagi bor-budimizni olib çiqib ketsinmi? Kimga murojaat qilaylik. Paxtakor tumani hokimi Şukrullo Boboyev tayinli javob bermasa, qöşma korxonadagi mas'ullar ertaga-indinga deb aldasa, — deydi Tangir Yöldoşev.
Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida tuman hokimligidagi qişloq xöjaligi bölimi mutaxassisi Farhod Mirzayevga uçraganimizda. U bölim mutaxassisi «fermerlarning çigal muammosidan qisman xabari borligini, ayni kunda bu masala qanday yeçim topganligidan xabari yöqligini, barça hujjatlar tayyor ekanligini, qöşma korxona bilan hisob kitoblar bölib ötganligini, lekin nega pul beriş masalasi keçikayotganligini aniq bilmasligini bu masala böyiça tuman hokimi albatta batafsil javob berişini», aytib ötdi.
Paxtakor tumani hokimligi qişloq xöjaligi bölimidan aniq bir ma'lumot ololmagaç. «Silverleafe BMB Agro Trade Group» Amerika – Özbekiston qöşma klasteri moliyaviy direktori Şerzod Inomovga boğlandik. Fermerlarning e'tiroziga Şerzod Inomov qöyidagiça javob qildi.
— Sizga qisqa va lönda qilib aytadigan bölsam, biz respublika rahbarining №4009-sonli qarorida belgilab qöyilgan tegişli bandlarni bajarişni öz böynimizga olganmiz. Aynan xarajatlarni qoplaş masalasi böyiça kerakli hisob-kitoblarni qilib böldik. Paxtakor tumani hokimligida taşkil etilgan işçi guruhi bilan hamkorlikda işladik. Aslida, men bu korxonada moliyaviy direktorman. Korxona rahbari ayni paytda çet elda, şu hafta kelişi möljallangan. Investor, ya'ni korxonamiz rahbari kelişi bilan, albatta pullar tölab beriladi. Fermerlarning e'tiroziga qöşilmayman. Biz har safar ularga xuddi şu mazmunda javob qilganmiz. Tölovning keçikişiga sabab esa bitta — hisob-kitob masalalari biroz çözildi.
«Yolğonlarga ortiq işonmaymiz, bu va'dalar takrorlanaverib yod bölib ketgan, desak mubolağa bölmaydi. Olti oydan oşiq vaqt ötdi axir! Uç oy oldin ham xuddi şu va'dani eşitganmiz. Işonganimiz oqibatida sudga çaqirişdi. Keyin nimalar bölişi esa noma'lum», — deydi murojaatçi fermerlar.
Murojaatçilarning aytişiça vaziyatdan nafaqat tuman hokimligi balki Jizzax viloyati hokimligi ham xabardor. Lekin heç qanday ijobiy natija yöq. Uşbu masala böyiça viloyat hokimi muovini Mahmud Xolbötayevga qönğiroq qilib boğlandik. Mahmud Xolbötayev fermerlar heç qaçon viloyat hokimligiga uşbu muammo yuzasidan murojaat qilinmaganini, bizni iştirokimizda fermerlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşişini, barça masalalarda fermerlar töğridan-töğri viloyat hokimligi bilan boğlana olişini, bunday ma'lumot bekor ekanligini ta'kidladi.
— Prezidentni «Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni taşkil qiliş töğrisida»gi № 4009 qarori bor, unda körsatilgan har bir band e'tirozsiz bajariladi. Şunga köra, biz barça hisob kitoblarni qilib oldik. Hisob-kitoblarga köra 1 mlrd 890 ming söm pul mablaği tez kunlarda tölanadi.
Hamma hujjatlarni «Silverleafe BMB Agro Trade Group» qöşma korxonasiga taqdim qildik. Ular ham birma-bir tekşirib körib çiqişdi. Rostini aytadigan bölsak, korxona bizdan bir qança muddat uşbu xarajatlar masalasini ortga surişni iltimos qilişdi. Buning sababi şundaki, korxona hali öz faoliyatini töliq boşlamadi. Ayni kunlarda ular 8 million AQŞ dollarga yangi texnologiyalarni sotib olib kelişdi. 344 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kirityapti. Yangiça suğoriş tizimini joriy etiş maqsadida 100 million AQŞ dollari atrofida iş bajarilyapti. Tez kunlarda xarajatlar qoplanadi. Bunga barça imkoniyat va şaroit ham bor, — deydi Şukrullo Boboyev.
Bugun yurtimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qiliş uçun katta miqyosda islohotlar olib borilyapti. Bu borada kerakli va zarur hujjatlar qabul qilindi. Yillar ötib ezgu işlar samarasini körişdan umidvormiz. Biz bilan suhbat çoğida tuman hokimi Şukrullo Boboyev biz investorlarni çöçitib qöymasligimizni ular har qanday holatda ham «mehmon» ekanligini va buni aslo unutmasligimizni va bunday vaziyatlarda ularning erkaligini kötarib masalaga heç qaçon bir yoqlama yondaşmasligimizini ta'kidlab ötdi. Bizdan talab qilingani ham xolislik.
Şu örinda bir mulohaza. Bizga ma'lum bölişiça, Özbekiston – Amerika qöşma klasteriga tumandagi eng unumdor yerlar berilgan. Şu vaziyatda aynan paxtaçilikni rivojlantiriş uçun eng sönggi rusumdagi texnikalar bilan ta'minlangan klasterga Paxtakor tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar berilganida fermerlar öz faoliyatlarini davom ettiriş bilan bir qatorda qarzdorlik balosiga giriftor bölişmas edi.
Yana bir gap. Biz köpinça özbekçilik deymiz, mehmonni hurmatini joyiga qöyişga harakat qilamiz. Ammo aynan şu «özbekçiligimiz» ba'zi hollarda oyoğimizga bolta urmayaptimikan? Ham yeridan, ham hosildan ayrilgan fermerlar böyniga tuşayotgan katta qarzdan qutiliş uçun sarson bölayotgan bir vaqtda, investorlar bilan «mehmon-mehmon» öynaş joizmikan?
Bugun halovati buzilgan fermer uçun har bir daqiqa, soat va kun ğanimat, olti oydan beri mahalliy hokimiyat, klaster va turli mas'ul idoralar eşigida sarson bölayotgan fermerlar dodini kim eşitadi? Ularning köngliga kim qaraydi?