Jizzaxda 42 tup qayrag‘ochni kesgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Paxtakor tumanida fermer xo‘jalik xodimi 42 tup daraxtni noqonuniy kesib, o‘simlik dunyosiga 224 mln so‘m zarar yetkazgan.

Foto: Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi
Paxtakor tumanida 42 tup qayrag‘och noqonuniy kesib ketilgani aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 11 yanvar kuni Paxtakor tuman ekologiya inspeksiyasi tomonidan Paxtakor tumani “Baxmal” hududida joylashgan “Yuvest tog‘” fermer xo‘jaligining dala maydoni chetiga ixota maqsadida ekilgan 42 tup o‘sishdan to‘xtamagan qayrag‘och daraxtlari kesib ketilganligi aniqlangan. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 224 million 400 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
O‘rganish davomida daraxtlar “Yuvest tog‘” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi, 1988 yilda tug‘ilgan J.J. tomonidan noqonuniy kesib olinganligi ma’lum bo‘lgan.
Paxtakor tumani prokuraturasining qaroriga ko‘ra, fuqaro J.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Xorazmda 81 tup daraxtni kesgan fermerga jinoyat ishi ochilgandi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
-
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

17:41 / 29.07.2024
Sirdaryoda 21 tup qayrag‘ochni kesgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

16:06 / 13.11.2023
Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi

10:15 / 11.09.2022
Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

16:55 / 19.01.2022